SportUz.Net

Sanjar Tursunov: "Raqibim kim bo'lishidan qatiy nazar g'alaba qozonaman"

02.04.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

3 aprel kuni ringga ko'tariladigan bokschilarimizdan biri Sanjar Tursunov OAV vakillarining savollariga javob qaytardi:

"O'z akalarim bilan birga bir oqshomda jang o'tkazayotganimdan juda ham xursandman. Ular bilan har doim birgamiz, birga mashg'ulot o'tkazamiz va mana bir kechada ringga ko'tarilayapmiz.  Raqibim kim bo'lishidan qatiy nazar jangda InshaAlloh g'alaba qozonaman. Jangga tayyorgarlik juda yaxshi bo'ldi. Mashg'ulot jarayonlari Rossiyada bo'lib o'tdi. Hozir men uchun professional boksdan ko'ra, Olimpiya o'yinlari muhim. SHukurki, Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik ham yaxshi bo'layapti”, - dedi Sanjar Tursunov.

Xurshida Abdikulova yozib oldi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: