
Ammo shuning barobarida o'zi bu vaziyatda boshqacha yo'l tutishiga ishonchi komil ekanini yashirmayatpi.
"Fikrim - men har doim jangni tugatishni xohlayman. Men jangda g'alaba qozonmoqchiman. SHunchaki menga ozgina vaqt bering - men tiklanaman yoki reflekslar va ichki xotirjamlik bilan jang qilishni davom ettiraman. Barcha odamlar bu jangni ko'rish uchun kelishdi - ayniqsa asosiy jangni.
Ehtimol, Tom juda ko'p o'ylay boshlagandir. Masalan: "Men u bilan jang qilish uchun yaxshi holatda emasman, keyingi safar yaxshiroq tayyor bo'laman". Bu shunchaki psixologiya masalasi bo'lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda shunday o'ylay boshlaganingizda, bu jangning borishini o'zgartirishi mumkin. Rostdan ham bilmayman. Balki hammasi juda jiddiy bo'lgandir. Yaxshisi Tomdan so'rang", - dedi chexiyalik jangchi Maykl Bisping bilan podkastda.
Proxazka shu yilning yanvar oyida Inglvudda bo'lib o'tgan UFC 311 turniri doirasidagi Jamal Xillga qarshi oktagonga chiqqandi. O'shanda Xill uning ko'ziga barmoqlarini suqib olgandi. Jangni davom ettirgan chexiyalik uchinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
"SHifokorlar bilan xuddi menda hammasi joyidagidek o'yin o'ynayman. Agar kimdir shu tufayli jangni to'xtatmoqchi bo'lsa, hech qachon bunga yo'l qo'ymayman. Ko'zga sanchish tufayli jangni to'xtatish mumkin emas. Mening yana bir ko'zim bor. Biz g'alaba qozonish uchun shu erdamiz. Bilaman, qoidalar bor, lekin bu haqiqiy erkaklar sporti. Bu jang. Sen ko'z bilan urishasan, ko'zsiz urishasan - farqi yo'q. Men uchun jang oxirigacha davom etadi", - dedi Proxazka.
