
Buning uchun Pyotr Yan o'z o'rnida Merab Dvalishvilini mag'lub etishi kerak. Ammo SHon Pyotrga qarshi oktagonga chiqishga tayyorligiga hali ishonchi komil emas.
"Navbatdagi jangimda g'alaba qozonsam, Pyotr esa Merabni engsa, keyin bu haqda o'ylasam bo'ladi. Lekin boshqa tomonda unga revansh berishga tayyorligimga ishonchim komil emas", - dedi sobiq UFC chempioni o'z podkastining navbatdagi sonida.
Malumot uchun, 2022 yil oktyabr oyida SHon O`Melli Pyotr Yanni hakamlarning qarori bilan mag'lub etgandi. SHundan so'ng u chempionlik kamari uchun imkoniyatga ega chiqqan va Aljameyn Sterlingni texnik nokautga uchratib, o'ta engil vazn toifasida UFC`ning yangi chempioniga aylangandi.
Pyotr Yan esa 6 dekabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 323 turnirida Merab Dvalishviliga qarshi oktagonga chiqadi. SHon O`Melli esa kelasi yil boshida Song Yadong bilan to'qnash keladi.
