
Bu haqda uning o'zi Milanda "Milan" va "Roma" klublari o'rtasidagi futbol o'yinida to'qnash kelgan futbol afsonasi Zlatan Ibragimovich bilan suhbatda aytib o'tdi. Lopesning so'zlari uning keyingi raqibi britaniyalik Leron Myorfi bo'lishi haqidagi malumotni bilvosita tasdiqlaydi.
Agar Lopes va Myorfi o'rtasidagi jang haqiqatan ham amalga oshsa, uning g'olibi Aleksandr Volkanovskining kamari uchun davogarga aylanadi. Volkning o'zi 1 fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida bo'lib o'tadigan UFC 325 turnirida reyting peshqadami Movsar Evloevga qarshi oktagonga chiqadi.
Ayni paytda Diego Lopes va Leron Myorfi UFC engil divizioni reytingida mos ravishda ikkinchi va to'rtinchi pog'onalarni egallab turibdi.
