
Rossiyalik jahon chempioni faqat eng kuchli raqiblarga qarshi katta janglar o'tkazishni xohlamoqda, dedi promouter Eddi Xirn 34 yoshli rossiyalik bokschi bilan uchrashuvdan so'ng.
Bivolning ehtimoliy raqiblari orasida yarimog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev, ushbu vaznda WBC chempioni Devid Benavides, to'rt vaznda sobiq jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvares, shuningdek, birinchi og'ir vazn toifasi vakili Jey Opetayya bor.
"Yaqinda men tushlik paytida Dmitriy Bivol bilan uchrashdim, - dedi Xirn The Ring nashriga bergan intervyusida. - Eng muhimi va asosiysi, u shunchaki katta janglar, katta gonorarlar va jiddiy sinovlarni xohlaydi. Devid Benavides va Artur Beterbiev - haqiqiy sinov, bu juda xavfli janglar. U xotirjam yigit, lekin uni shunchaki qandaydir janglar qiziqtirmaydi".
"U "Kanelo" Alvares, Benavides, Beterbiev, balki Jey Opetayya bilan jang qilishni xohlaydi. Unga shunchaki chaqiriqlar kerak. Ishonchim komilki, tez orada uni katta jangda ringga qaytaramiz", - deya qo'shimcha qildi Xirn.
Dmitriy Bivol shu yilning fevralidan buyon ringga ko'tarilmadi. Avgust oyida u eski bel jarohati tufayli operaciya qilindi. Uning dekabr oyida to'liq mashg'ulotlarga kirishishi kutilmoqda.
