
Oqshomning markaziy jangida hamyurti Devid Onamani birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgan amerikalik yarim engil vazn toifasi vakili Stiv Garsiya divizion reytingida to'rt pog'ona yuqoriladi. U 12-pog'onadan 8-o'ringa ko'tarilib oldi. Uning raqibi esa o'n uchinchi o'rindan o'n to'rtinchi o'ringa tushdi. Den Ige esa aynan 13-o'ringa joylashdi. Ushbu vazn chempioni avstraliyalik Aleksandr Volkanovski bo'lib turibdi. Rossiyalik Movsar Evlov reyting peshqadami bo'lsa, Diego Lopes va Yair Rodriges kuchli uchlikka yakun yasagan.
Turnir doirasida Ketlin Vieyra ustidan hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozongan braziliyalik Norma Dyumont vatandoshini eng engil divizion reytingida uchinchi o'rindan tushirib, o'zi Top-3`talikka kirib oldi. U shuningdek, vazn toifasidan qati nazar tashkilotning ayollar o'rtasidagi P4P reytingida o'n beshinchi o'rinda qayd etildi.
Turnirning co-main event, yani muhimligi jihatidan ikkinchi, intrigaga to'la jangida Ante Deliyani birinchi raunddayoq nokautga uchratgan dominikanlik Valdo Kortes-Akosta og'ir vazn toifasi reytingida oltinchi o'rinda qoldi. Ushbu qarama-qarshilikda g'alabasini o'g'irlab ketishganiga ishongan va boshqalarni ham ishontirishga urinayotgan xorvatiyalik esa divizionning to'qqizinchi pog'onasida qoldi.
SHuningdek, eng engil vazn toifasi reytingida amerikalik Tatyana Suares bir pog'ona yuqorilab, Xitoy sharafini himoya qilayotgan sobiq divizion chempioni Veyli CHjan bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi.
