
Eslatib o'tamiz, Jalolov 14 noyabr kuni "Humo Arena"da o'tkaziladigan prof boks oqshomida nigeriyalik Solomon Adebayoga (14-0) qarshi jang o'tkazadi.
"Yaxshi raqib. U ham men kabi mag'lubiyatsiz kelmoqda. Xudo xohlasa barchasini ring ko'rsatadi. Kim yaxshi tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi", - dedi Bahodir Jalolov Liftpromotions matbuot xizmatiga bergan intervyusida.