
Dana barcha firibgarlar va ularga aloqador jangchilarni qamoq kutmoqda, deb tahdid qildi.
"So'zma-so'z aytganda, biz birinchi bo'lib FQBni chaqirtirdik. Bugun men FQB bilan ikki marta gaplashdim. Bugun ertalab ofisimiz FQB agentlari bilan to'la edi", - dedi Uayt TMZ’ga bergan intervyusida. - Aniq aytamanki, agar urinib ko'rsangiz, biz sizning ashaddiy dushmaningizga aylanamiz. Biz zudlik bilan FQB yoki boshqa birov bilan oldingizga etib boramiz. Qamoqqa tushishingiz uchun qo'limizdan kelgan hamma ishni qilamiz.
Uayt, shuningdek, FQB hali ham 2022 yilda Darrik Minner va uning murabbiyi Jeyms Krauze bilan bog'liq firibgarlik voqeasini o'rganayotganini, yangi faktlar joriy tergovga kiritilishini tasdiqladi. Ammo ko'plab janglar shubha ostiga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi.
"Odamlar yuzlab janglar tergovga tushgani haqida gapirishmoqda, ammo bu safsata, - dedi Uayt. - Bizda stavkalarni kuzatib boradigan kompaniya bor. Ular o'z ishining eng yaxshilari. Yuzlab janglar bo'yicha hech qanday tergov yo'q. Bularning barchasi safsata".
Uayt matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda boshqa UFC jangchilariga ham janglarni bekor qilish bo'yicha bunday takliflar bo'lgani haqidagi malumotlarga yaxshi munosabat bildirmadi.
"Rostdanmi? Nega bizga aytishmadi? Yoki eng muhimi, huquq-tartibot idoralariga ular bilan bog'lanishgani haqida? Hozir ayting-chi, siz bilan nima aloqada bo'lishdi? Jangchilar hozir ular bilan bog'langanliklarini aytishayotgani juda g'alati. Endi ular bilan FQB agentlari bog'lanadi", deb tahdid qilgan Uayt.
