"Agar Petr bizning oldimizga kelmoqchi bo'lsa, muammo yo'q. Istalgan vaqtda yordam berishga tayyormiz. Umuman olganda, Petr Sterlingga kurashda yutqazmadi. U grepplingda ustunlikni berib qo'ydi va engildi. Petr erkin kurashda ancha tajribali. Sababi, u Dog'istonda uzoq vaqt mashq qilgan.
U raqibga belini berib qo'yib, katta xatoga yo'l qo'ygandi. Lekin u turishi va kurashishi kerak edi. U so'nggi raundlarda Sterlingga imkoniyat qoldirmadi. Menimcha, Yan raqibga biroz past baho bergan. CHunki birinchi jangda Sterling hech narsa qila olmagandi. Agar uchinchi jang tashkil etilsa, Petr ko'proq zarba beradi, deb o'ylayman", — dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Umar Nurmagomedov UFC Vegas 57 turnirining asosiy kardida Neyt Manesga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi
Dana Uayt Oq uyda o'tkaziladigan UFC turniri haqida yangi malumotlar bilan o'rtoqlashdi
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev prof ringda jang qilish haqida: "Tez orada yangiliklar bo'ladi"