Avvalroq, u amerikalik Xorxe Masvidal va Neyt Diazni jangga chorlagan edi. Endilikda Pereyra shveciyalik Xamzat CHimaev bilan ham jang qilmoqchi ekanligiga shama qildi.
"Voqealar butunlay teskari sodir bo'layotganga o'xshaydi. Agar u hozir men bilan jang qilishni istamasa, muammo yo'q. Ertami-kech uni engaman. Neyt Diaz bilan ham jang qilmoqchiman. CHunki biz bir nechta shapaloq almashishimiz va tomoshabinlarni xursand qilishimiz mumkin.
Men diviziondagi boshqa jangchilarga ergashmayman. Gilbert Berns, Kamaru Usman, Kolbi Kovington va Xamzat CHimaevni bilaman. Aytgancha, agar CHimaevga raqib kerak bo'lsa, men bo'shman", - dedi Pereyra.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"