SportUz.Net
iks
ads

43 yildan beri bir oila boshqarib kelayotgan WBA prezidentligi uchun saylov o'tkazildi

16.12.2025 10:00    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks associaciyasi (WBA) prezidenti kichik Xilberto Mendosa yangi 5 yillik muddatga saylandi.

AQSHning Florida shtati Orlando shahrida WBA tashkilotining 104-Kongressi o'tkazildi. Uning doirasida WBA prezidentligi uchun saylov ham bo'lib o'tdi. Amaldagi prezident Xilberto Mendosa ko'pchilik ovoz bilan yangi 5 yillik muddatga saylandi. U endi tashkilotni 2030 yilgacha boshqaradi.  

Malumot uchun, Mendosa ilk bor 2015 yilda WBA prezidenti etib saylangan edi. U bu lavozimda 1982 yildan beri ishlab kelgan otasi katta Xilberto Mendosani almashtirgandi. 

Butunjahon boks associaciyasiga 1921 yilda National Boxing Association (NBA) nomi ostida asos solingan. 1962 yilda tashkilot nomi hozirgisi - WBAga almashtirilgan. 1975 yilda WBA shtab-kvartirasi Panamadan AQSHga ko'chirilgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: