SportUz.Net
iks
ads

Ruslan Abdullaev 2026 yil boshida prof boksdagi to'rtinchi jangini o'tkazadi

16.12.2025 11:15    


Rasmni yuklab olish

Havaskorlar o'rtasida jahon chempioni, professional ringda uchta jang o'tkazgan hamyurtimiz Ruslan Abdullaevning navbatdagi jangi tafsilotlari bo'yicha malumot berildi.

23 yashar charm qo'lqop ustamiz 2026 yilning 16 yanvar kuni AQSHning Kaliforniya shtati, Palm-Dezert shahrida tashkil etiladigan Golden Boy prof boks oqshomi doirasida ringga qaytadi.

Hozircha Ruslanning raqibi kim bo'lishi haqida malumot berilmagan.

Abdullaev ishtirok etadigan musobaqaning markaziy jangi amerikalik Aleksis Roxa va Meksika vakili Raul Kuriel o'rtasida kechadi.

Ruslan Abdullaev 2023 yilda -63,5 kg vazn toifasida jahon chempionatining oltin medaliga sazovor bo'lgan. U professional ringdagi debyutini shu yilning mart oyida o'tkazib, ikkinchi raundda Xose Alvarado (3-19-1, 2KO)ni nokautga uchratgandi. Ushbu mag'lubiyat Alvarado faoliyatidagi ilk muddatidan oldingi mag'lubiyat bo'lgan edi.

Ruslan Abdullaev professional boksdagi ikkinchi jangida Jino Rodrigo (13-4-2, 11KO)ni bir ovozdan (barcha hakamlik yozuvlarida 80-71) mag'lub etgan bo'lsa, uchinchi jangida Kevin Jonson (12-7, 8KO)dan ham hakamlarning yakdil qarori bilan (80-72, 79-73, 79-73) ustun kelgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: