
Musobaqa doirasida o'ta engil vazn toifasida UFC reytingida ikkinchi o'rindagi amerikalik Brendon Royval Portugaliya vakili Manel Kapega yutqazib, to'rtinchi pog'onaga tushib ketdi.
FightHQTV nashri ushbu turnir yakunlaridan kelib chiqib, Royval uchun keyingi jangni taxmin qildi. Nashr Royvalga o'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirovni raqib sifatida ko'rsatgan.
Ramazon hozirda doping uchun diskvalifikaciya muddatini o'tkazmoqda. U UFC'da hozirgacha 2 ta jangda qatnashib, har ikkisida raqiblaridan ustun kelgan. Reytingda 13-o'ringa qadar ko'tarilgan.
