
"Peddi juda yaxshi greppler, ammo men CHarlz bilan bo'lgan jangdan keyin jiu-jitsu ustida ko'p ishladim, kurash bilan ham ancha shug'ullandim va bu menga avvalgidan ham ko'proq yoqdi. Kurashga o'tmoqchi emasman, ammo undan qo'rqmayman ham, teykdaunlardan himoyam esa tengi yo'q darajada. Pimblett meni parterga o'tkazishi kerak bo'ladi — faqat shundagina uning g'alabaga imkoniyati bo'ladi. Garchi bu sport juda dahshatli — nima bo'lishini hech qachon bilmaysan. Men uni yo'q qilaman", — dedi Getji.