
Ertaga Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahridagi "Dinamo" voleybol arenasida ACBJJ 20 turniri o'tkaziladi. Oqshom doirasida Arman Carukyan jiu-jitsu bo'yicha Abdul-Aziz Abdulvahabovga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Lekin Armanning raqibidagi muammo sabab bu jang o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Endi uning o'rnini ACA ligasining yana bir jangchisi Mexdi Baydulaev egallaydi. Jang 80 kilogrammgacha vazn toifasida jiu-jitsu qoidalari bo'yicha o'tkaziladi va g'oliyu ACBJJ chempionlik kamarini qo'lga kiritadi.
Malumot uchun, 29 yoshli Mexdi Baydulaev ASA ligasida 12 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. Engil vazn toifasi UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan noyabr oyida dunyoning eng kuchli ligasidagi o'zining ketma-ket beshinchi g'alabasini nishonladi. U Qatar turnirila Yangi Zelandiya vakili Den Xukerni qo'l uchburchagi yordamida taslim etdi.

"Yirtqichlarcha his paydo bo'ldi". Abdumalik Xalokovni tishlab olgan SHumkov final haqida gapirdi