
UFC engil vazn chempioni Iliya Topuriya bir vaqtning o'zida boks va MMAda ishtirok etmasligini malum qildi.
"Hech kimga sir emas, men doimo boksda o'zimni sinab ko'rishni istaganman. Ammo hayotda hamisha amal qilgan qoidam bor: agar ikki qo'yonni quvsangiz, oxir-oqibat birortasini ham tuta olmaysiz. Avvalo aralash yakkakurashlardagi tariximni yakunlab, keyin to'liq boksga etibor qaratmoqchiman. MMA jangga tayyorlanib, keyin boksga o'tib ketishim mumkin emas. Bu juda professionalona bo'lmasdi, to'g'rimi?
Boks butunlay boshqacha yondashuv va tayyorgarlikni talab qiladi, men esa unga moslashishim kerak. U erda raundlar davomiyligi ham, hatto jang maydoni shakli ham boshqacha. Bularning barchasiga ko'nikish uchun vaqt kerak. MMAda uzoq qolaman, deb o'ylamayman. Ringda ko'pchilikni hayratda qoldirishni rejalashtiryapman", — dedi Topuriya.
"Yirtqichlarcha his paydo bo'ldi". Abdumalik Xalokovni tishlab olgan SHumkov final haqida gapirdi