"UFC Apex" stadionida o'tkazilgan UFC Vegas 22 (on ESPN 21) oqshomining markaziy jangida amerikaliklar - 37 yoshli Derek Branson hamda 28 yashar Kevin Xolland o'zaro oktagonda to'qnash kelishdi. O'rta vazn toifasidagi 5 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va yakunda hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra Bransonning g'alabasi bilan yakunlandi – 49-45, 49-46, 49-46.
Bu Branson uchun UFC`dagi faoliyati davomidagi 13-g'alabasi bo'ldi. Uning hisobida 5 mag'lubiyat ham bor. (MMAdagi rekordi – 23-7). Xollandning esa 5 ta g'alabadan iborat seriyasiga barham berildi. Bugun u promoushendagi uchinchi mag'lubiyatini qarshi oldi. Branson reytingda 7-o'rinni egallab turgan bo'lsa, Xolland 10-pog'onadan joy olgan.
"Men Top-5`da Dvalishvili bilan jang qilmagan yagonaman" - Sendxagen kamar uchun jang qilmoqchi
Ankalaev Proxazka bilan jang qilmaydi, Pereyra bilan revansh bo'yicha muzokara ketmoqda