SportUz.Net
photo photo

O‘zbekistonlik jangchi AQShda oktagonga ko‘tariladi

26.01.2022 22:00    


Rasmni yuklab olish

U Habib Nurmagomedovga tegishli promoushenda jang qiladi

Habib Nurmagomedovga tegishli bo‘lgan, EagleFC promoushenining navbatdagi turniri AQShning Mayami shahrida tashkil etiladi. Ya’ni, 29 yanvar kuni "EagleFC 44" turniri bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli jihati mazkur jang oqshomida o‘zbekistonlik Firdavs Hasanov ham oktagonga ko‘tariladi. 

Unga mezbonlar vakili Shon Banch raqiblik qiladi. Mazkur jang o‘ta engil vazn (61.2 kg) toifasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Shon Banch faoliyati mobaynida 10 ta g‘alaba va 5 mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, hamyurtimizning rekordi 6 ta g‘alaba va 2 mag‘lubiyatdan iborat. 

Shu o‘rinda mazkur jangda yurtdoshimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

banch

 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: