Xabaringiz bor, bugun BAAning Abu-Dabi shahrida havaskor MMA bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon chempionati start oladi. Ma’lumki, ushbu dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Bugun, 18-20 yoshlilar o‘rtasidagi uch vakilimiz oktagonga ko‘tarildi. Jumladan, 65.8 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan, Amin Ergashev shogirdi Mahmudjon Odilov Italiya vakili Alberto Magris ustidan ochkolar hisobida g‘alaba qozondi va o‘z yurishini zafar bilan boshladi.
Afsuski, engil vazn (70.3 kg) toifasida Muxlisali Tulaev polshalik Igor Vlodarchukka, o‘ta engil vazn (61.2 kg) toifasida Shohruh Ziyodov rossiyalik Asef Chopurovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ertaga, yana bizni bir qator vakillarimizni janglari kutib turibdi. Bu borada ham tez orada to‘liq ma’lumot beramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"