SportUz.Net
photo photo

Nursulton Ro‘ziboevda rejalar o‘zgardi. Endi u Bahraynda jang qiladi

24.01.2022 12:43    


Rasmni yuklab olish

U navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Xabar berib o‘tganimizdek, yurtimizning mashhur MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboev 5 fevral kuni Rossiyaning Barnaul shahrida tashkil etiladigan jang kechasida mezbonlar vakili Mixail Tsarevga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq, ba’zi sabablarga ko‘ra, bu jang bekor bo‘ldi va rejalarga o‘zgartirish kiritildi. 

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, endi, yurtdoshimiz 11 mart kuni "Brave" promoushenida navbatdagi jangini o‘tkazadigan bo‘ldi. Unga raqib sifatida braziliyalik jangchi ko‘rilmoqda. Tez orada kim ekanligiga oydinlik kiritiladi. Voqelar rivojini bizda kuzatib boring!

Eslatib o‘tamiz, Nursulton Ro‘ziboev so‘ngi jangini Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tgan "Open FC" promoushenida o‘tkazib, o‘ziga tegishli bo‘lgan o‘rta vazn (84 kg) toifasidagi chempionlik kamarini Eduard Arustamyandan muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: