Bu safar qoniqarsiz natijalari sabab SHana Dobson va Jordan Espinoza bilan shartnomalar bekor qilindi va ular bilan xayrlashilgan. Dobson UFC`dagi uch yillik faoliyati davomida 5 ta jang o'tkazib, 4 tasida mag'lubiyatga uchradi. Yagona g'alabasiga qozog'istonlik Mariya Agapova ustidan erishgan. U so'nggi bor shu yilning fevral oyida oktagonga chiqib, Keysi O'Neylga imkoniyatni boy bergandi.
Espinoza esa UFC promoushenida jami 6 ta jang o'tkazgan. Hisobida 2 g'alaba va 4 mag'lubiyat bor. So'nggi jangini o'tgan hafta, 7 mart kuni UFC 259 turniri doirasida Tim Elliottga qarshi o'tkazib, raqibiga yutqazib qo'ygandi.