SportUz.Net

Toni Fergyusonning raqibi malum bo'ldi, jang sanasi ham

13.03.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyusonning navbatdagi jangi qachon va kimga qarshi o'tkazilishi malum bo'ldi.

Amerikalik yakkakurash ustasi 15 may kuni UFC 262 turniri doirasida Beneyl Dariushga qarshi oktagonga ko'tarildi. Tomonlan og'zaki kelishuvga erishishdi. Tez orada rasman jang shartnomasiga imzo chekiladi.

Bu Fergyuson uchun ketma-ket ikki mag'lubiyatdan keyingi ilk jang bo'ladi. U o'tgan yilning may oyida Jastin Getjiga texnik nokaut, dekabrda esa CHarlz Oliveyraga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ayni paytda Toni reytingning beshinchi pog'onasidan joy olgan.

Beneyl Dariush asli kelib chiqishi eronlik bo'lib, joriy 2021 yilda jang o'tkazishga ham ulgurdi. U o'tgan oyda Karlos Diego Ferreyradan ustun kelgan edi. Bu Dariushning UFC`dagi ketma-ket qozonilgan oltinchi g'alabasi edi. Hozirda Beneyl engil vazn reytingining 9-pog'onasidan joy olgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: