SportUz.Net
photo photo

Miraziz Mirzaxalilov Olimpiya o'yinlaridagi xatosi haqida gapirdi

21.10.2021 17:00    


Rasmni yuklab olish

Jahon chempioni Miraziz Mirzaxalilov bo'lajak dunyo birinchiligida ham chempionlikni ko'zlamoqda.

"Tayyorgarlik juda yaxshi o'tmoqda. Hozirda kubalik bokschilar bilan birgarlikda mashg'ulot olib bormoqdamiz. Ularning borligi ham bizga ko'tarinki kayfiyatni taqdim etmoqda. 

 O'tgan Olimpiya o'yinlari? Har bir sportchining yoshligidan Olimpiadada chempion bo'lish maqsadi bo'ladi.Bu maqsadim yo'lida ko'plab yutuqlarga erishdim. Endi bo'lajak yirik musobaqalarda g'alaba qozonib, Parij-2024da munosib ishtirok etmoqchiman. Tokioda bo'lib o'tgan musobaqalarda har bir raund hal qiluvchi raund bo'lishini bildim. Men esa birinchi uch daqiqalikda raqibimni o'rganishga sarflamoqchi bo'ldim. Bu uslub esa eng katta xatoim bo'ldi.

Endi jahon chempionatida esa har bir raundda yutishga harakat qilaman. Bo'lajak musobaqada jamoamiz  yangilagan tarkib bo'ldi. Bularning har biri chempionlik uchun kurashadi",-dedi Miraziz Mirzaxalilov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: