
"Jangni bunaqa tez tugataman, deb chiqmagandim. Oxirigacha ishlayman, chiroyli jang ko'rsataman degandim. CHiroyli jang bo'ldi, deb o'ylayman. Xudo xohlasa, buyog'iga ham ko'proq mehnat qilamiz. Oldinda ko'plab chempionlik janglari turibdi. Qiyin janglar kutyapti bizni. Bu bir sinov jangi edi. Oldinda qiladigan ishlarimiz ko'p", deydi Big Uzbek SportUz.Net muxbiri Sarvinoz Raxmonqulova bilan suhbatda.
Bahodir Jalolov 14 noyabr kuni Toshkentda nigeriyalik Solomon Adebayoga qarshi jang qilib, to'rtinchi raundda nokaut orqali g'alaba qozongandi.
Kechagi turnirda janjal uyushtirgan Dillon Denis UFC turnirlaridan umrbod chetlatildi
UFC 322 ishtirokchilari kechagi janglardan qancha gonorar ishlab olgani malum bo'ldi