
Musobaqaning ilk kuni O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar azosi ringga ko'tarildi. Ulardan uch nafari o'z janglarini ishonchli g'alaba bilan yakunladi. Birgina Nigina O'ktamova hindistonlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bokschilarimizning natijalari:
-54 kg: Nigina O'ktamova - Preeti (Hindiston) - 0:5
-70 kg: Aziza Zokirova - Mbata Patrisia (Nigeriya) - 5:0
-65 kg: Adhamjon Muhiddinov - Jang Dongvan (Koreya Respublikasi) - 5:0
+90 kg: Halimjon Mamasoliev - Ahmed Hagag (Avstriya) - 5:0.
