
Daily Mail nashrining xabar berishicha, amerikalik bloger/bokschi Jeyk Pol va superog'ir vazn toifasidagi britaniyalik sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bo'lajak jang orqali 90 mln AQSH dollaridan gonorar ishlab oladi.
Hozirda jamoalar o'rtasida moliyaviy shartlar yuzasidan muzokaralar davom etayotgani aytilmoqda.
Malumot uchun, 36 yoshli Entoni Joshua o'tgan yilning sentyabr oyidan beri ringga chiqmagan. O'shanda u og'ir vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun kechgan jangda vatandoshi Daniel Dyubuaga beshinchi raundda nokaut bilan yutqazgandi. 27 yoshli Jeyk Pol esa shu yozda hakamlarning yakdil qarori bilan Xulio Sezar CHavesni mag'lub etgandi.
SHohjahon Ergashevning Salita promouterlik kompaniyasi bilan hamkorligi yakunlandi (FOTO)
Murodjon Ahmadaliev keyingi jangini qachon o'tkazishi mumkinligini ochiqladi (VIDEO)