
"Aniq ayta olmayman. CHunki hozir viza muddatim tugagan. AQSH vizasiga xujjat topshirishim kerak. Keyin uning javobini kutishimiz kerak. Balki 2026 yilning o'rtalarida bo'lar, bu taxmin. Raqib bo'yicha menejerlarim bilan maslahatlashib, agar Inoue yuqori vaznga ko'tarilsa, biz ham tepaga chiqib, poziciya egallaymiz. Yaponiyalik chempiondan revansh olmoqchiman. Agar u kamarlarini vakant qoldirib ketsa, unda chempionlik kamarlari uchun asosiy nomzod men bo'laman", dedi Ahmadaliev.
Malumot uchun, Murodjon Ahmadaliev so'nggi jangini sentyabr oyida vaznning yaponiyalik mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Murodjon Ahmadaliev keyingi jangini qachon o'tkazishi mumkinligini ochiqladi (VIDEO)