
Ushbu oqshom kardidan jami 14 ta jang o'rin olgan bo'lib, shundan 2 tasi chempionlik kamari uchun kechdi. Turnirning asosiy jangi yarim o'rta vazn (77 kilgorammgacha) toifasida divizionning amaldagi chempioni avstraliyalik Jek Della Maddalena hamda engil vaznda sobiq UFC chempioni rossiyalik Islam Maxachev o'rtasida o'tkazildi.
Turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi jangida ayollar o'ta engil vazn (57 kilogrammgacha) toifasi chempioni qirg'izistonlik Valentina SHevchenko xitoylik Veyli CHjandan kamarini himoya qildi. Veyli xuddi Islam singari o'z kamarini vakant qoldirib, SHevchenkoning vaznida chempion bo'lishga urinib ko'rdi.
Mazkur sahifa orqali turnirda qayd etilayotgan natijalardan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.
Asosiy kard:
Markaziy jang, yarim o'rta vaznda chempionlik kamari uchun: Jek Della Maddalena (Avstraliya, 18-3-0) vs Islam Maxachev (Rossiya, 28-1-0), (Ochkolar hisobiga ko'ra)
Ayollar o'rtasida o'ta engil vazn chempionligi uchun: Valentina SHevchenko (Qirg'iziston, 26-4-1) vs Veyli Jang (Xitoy, 26-4-0), (Ochkolar hisobiga ko'ra)
Yarim o'rta vaznda: SHon Bredi (AQSH, 18-2-0) vs Maykl Morales (Ekvador, 19-0-0), (1-raundda KO-TKO)
Yarim o'rta vaznda: Leon Edvards (Angliya, 22-6-0) vs Karlos Prates (Braziliya, 23-7-0), (2-raundda KO-TKO)
Engil vaznda: Benil Dariush (AQSH, 23-7-1) vs Benua Sen-Deni (Franciya, 16-3-0),(1-raundda KO-TKO).
Prelim kard:
O'rta vaznda: Bo Nikal (AQSH, 8-1-0) vs Rodolfo Vieyra (Braziliya, 11-4-0), (3-raundda KO-TKO)
O'rta vaznda: Roman Kopilov (Rossiya, 14-5-0) vs Gregori Rodriges (Braziliya, 18-6-0), (Ochkolar hisobiga ko'ra)
Ayollar o'rtasida o'ta engil vaznda: Erin Blanchfild (AQSH, 14-2-0) vs Treysi Kortez (AQSH, 12-3-0), (2-raundda sabmishen orqali)
Yarim engil vaznda: Malkolm Uellmeyker (10-1-0) vs Etin Yuing (AQSH, 9-2-0), (Ochkolar hisobiga ko'ra).
Erta prelim kard:
O'rta vaznda: Kayl Dakas (AQSH, 17-4-0) vs Jerald Myorshart (AQSH, 37-21-0), (1-raundda sabmishen orqali)
Yarim engil vaznda: Pet Sabatini (AQSH, 21-5-0) vs CHepe Mariskal (AQSH, 18-7-0), (Ochkolar hisobiga ko'ra)
Ayollar o'rtasida minimal vaznda: Anjela Xill (AQSH, 18-16-0) vs Fatima Klayn (AQSH, 9-1-0), (Ochkolar hisobiga ko'ra)
O'rta vaznda: Baysangur Susurkaev (Rossiya, 11-0-0) vs Erik MakKoniko (AQSH, 10-4-1), (3-raundda KO-TKO)
Engil vaznda: Vyacheslav Borshyov (Rossiya, 8-7-1) vs Mateus Kamilo (Braziliya, 10-3-0), (Ochkolar hisobiga ko'ra).
Islam Maxachev endi ikki vaznda UFC chempioni! UFC 322 turnirining barcha natijalari bitta sahifada