
Turnir asosiy kardidagi uchinchi jang ham yakunlandi.
Yarim o'rta vazn toifasida UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Amerika Qo'shma SHtatlari sharafini himoya qiluvchi SHon Bredi musobaqa doirasida sakkizinchi o'rindagi ekvadorlik Maykl Morales bilan bahs olib bordi.
3 raundlik davogarlik jangi birinchi raunddayoq muddatidan oldin yakuniga etdi. Morales Bredini nokautga uchratdi.
SHunday qilib, SHon Bredi to'rtta muvaffaqiyatli chiqishdan so'ng ilk bor mag'lubiyatga uchradi. Maykl Morales esa faoliyatidagi 19-jangida 19-g'alabasini nishonladi.
Islam Maxachev endi ikki vaznda UFC chempioni! UFC 322 turnirining barcha natijalari bitta sahifada
UFC cobiq chempioni Leon Edvards faoliyatidagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi