SportUz.Net
iks
ads

Dana Uayt Islam Maxachevning bugungi jangiga baho berdi

16.11.2025 22:12    


Rasmni yuklab olish

Dunyoning eng kuchli ligasi rahbari Dana Uayt bugun Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan UFC 322 turnirining asosiy jangi haqida o'z fikrini bildirdi.

Oqshomning asosiy jangida Islam Maxachev avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratib, ikki vazn toifasida UFC chempioniga aylangandi. 

"Biz chempionlik maqomidagi eng tomoshabop jangni ko'rmadik, ammo bu to'liq ustunlik edi. Men bu jang bukmekerlar o'ylaganidan ko'ra Islam uchun ancha og'irroq bo'ladi, deb o'ylagandim. Lekin bugun u jangda emas, balki Xabib uning elkasiga ikkita og'ir kamarni tashlab qo'yganida eng katta masuliyatni zimmasiga oldi. Bu esa zararga ishladi. Jek zo'r yigit va u ko'plab raqiblar uchun haqiqiy dahshat bo'lgan Belalni mag'lub etdi. SHuning uchun ham men yaqinroq jangni ko'rishni kutgan edim. SHunday bo'lsa-da, bunday katta ustunlik uchun Islam oldida shlyapamni echaman. O'ylaymanki, kelasi hafta u P4P UFC reytingida birinchi o'rinni egallaydi", - dedi liga rahbari tadbirdan keyingi matbuot anjumanida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: