
Dunyoning eng kuchli ligasi odatdagidek to'rt nafar jangchiga kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha mukofot pulini taqdim etadi. To'rttada jangchi ham nokaut evaziga raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan. Ularning har biri 50 000 dollardan oladigan bo'ldi.
Etiborlisi shundaki, bu to'rttala jang ham ketma-ketlikda o'tkazildi. Amerikalik o'rta vazn toifasi vakili Bo Nikal uchinchi raundda braziliyalik Rodolfo Vieyraning boshiga oyoq bilan zarba yo'llab, raqibini nokautga uchratdi. Uning ketidan asosiy kardni ochib bergan franciyalik engil vazn jangchisi Benua Sen-Deni 16-soniyadayoq amerikalik Benil Dariushni nokautga uchratdi.
SHundan so'ng, yarim o'rta vazn toifasi vakillari Karlos Prates va Maykl Morales mos ravishda Leon Edvards hamda SHon Bredini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Ekvadorlik Maykl Morales bugungi yorqin g'alabasi sabab chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylandi.

SHohjahon Ergashevning Salita promouterlik kompaniyasi bilan hamkorligi yakunlandi (FOTO)