SportUz.Net
iks
ads

SHavkat Rahmonov Maxachevga: "Asosiy tahdid menman!"

17.11.2025 08:42    


Rasmni yuklab olish

UFC yarim o'rta divizionining uchinchi raqamli jangchisi SHavkat Rahmonov Islam Maxachevning Jek Della Maddalenaga qarshi jangi haqida gapirdi.

Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi Islamni avstraliyalik ustidan qozongan g'alabasi bilan tabrikladi va o'zini ushbu vazn toifasidagi asosiy tahdid deb hisoblashini malum qildi.

"Islamni ajoyib chiqish bilan tabriklayman. Ammo yarim o'rta vaznda haqiqiy chaqiruv baribir men bo'laman!", - deb yozdi mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qozog'istonlik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Islam Maxachev UFC 322 turnirining asosiy jangida endilikda sobiq chempion Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qarori bilan (50-45, 50-45, 50-45) mag'lub etib, ikki vaznda promoushen chempioniga aylangandi. 

SHu yilning may oyida chempionlik jangida ishtirok etishi kerak bo'lgan SHavkat Rahmonov jarohat sabab bu imkoniyatdan foydalana olmagan edi. Uning o'rnini egallagan Belal Muhammad esa Jek Della Maddalenaga chempionlik jangida yutqazib qo'ygandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: