SportUz.Net
iks
ads

Kechagi turnirda janjal uyushtirgan Dillon Denis UFC turnirlaridan umrbod chetlatildi

17.11.2025 13:51    


Rasmni yuklab olish

UFC rahbari Dana Uayt amerikalik Dillon Denisni UFC 322 paytida rossiyalik Islam Maxachevning jamoasi bilan janjal uyushtirgani uchun umrbod Liga musobaqalaridan chetlatdi.

UFC 322 turniri 16 noyabr tongida AQSHning Nyu-York shahridagi "Medison Skver-Garden" arenasida o'tkazildi. Oqshomning markaziy jangida engil vaznning sobiq chempioni Islam Maxachev avstraliyalik Jek Della Maddalenani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, yarim o'rta vaznda UFC chempioniga aylandi.

Jang oldidan Dillon Denis va Islam Maxachevning jamoasi o'rtasida janjal kelib chiqdi. Ishkalda Maxachevning sparring sherigi Magomed Zaynukov va Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov ham ishtirok etgan.

"Men sodir bo'lgan voqea uchun o'zimni javobgar deb bilaman. Bunga yo'l qo'ymasligim mumkin edi. Dillon Denisni endi hech qachon UFC tadbirlarida ko'rmaysiz", dedi Dana Uayt UFC 322 turniridan keyingi matbuot anjumanida.

Uaytning so'zlariga ko'ra, mojaro Denisning arenada noto'g'ri o'rindiqqa o'tirgani uchun boshlangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: