SportUz.Net
iks
ads

SHahram G'iyosov: "Men hech qachon nokautning ortidan quvmayman"

17.11.2025 17:00    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik professional bokschi SHahram G'iyosov so'nggi jangidan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

SHahram 14 noyabr kuni Toshkentda rossiyalik Mark Urvanov bilan jang qilib, muddatidan avval zafar quchgandi.

"Hech qachon nokautning orqasidan quvmayman. Jangdan oldin ham so'rashgandi. Nokaut qilaman, deb oldindan aytmayman. CHiqaman va o'z ishimni qilaman. Mashg'ulotlarda murabbiyim bilan nimaning ustida ishlagan bo'lsak, shuni jangda ko'rsataman. Birinchi navbatda, men har doim shou ko'rsatishni yaxshi ko'raman. Bekorga hamma SHahramning shousini ko'ramiz, deb kelmaydi. O'zim ham mazza qilay, muxlislar ham mazza qilishsin", dedi G'iyosov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: