
"Jek hali yosh, u endigina 28 yoshda. Bazi odamlar 28 yoshida yuqori darajada jang qilishni endigina boshlagan bo'ladi. Bilaman, u hali qaytadi, kurashini yaxshilaydi. Jekning zarbalari hozir ham eng yaxshilaridan biri. U tez orada qaytib keladi va sportdagi eng yaxshilaridan biri bo'ladi", deya dalda berdi Islam.
Eslatib o'tamiz, bu Jek Della Maddalenaning UFC faoliyatidagi birinchi mag'lubiyati bo'ldi. Avstraliyalikning MMAda mavjud ikki mag'lubiyati faoliyatining dastlabki ikki jangiga to'g'ri keladi.