SportUz.Net
iks
ads

Toshkent Osiyo chempionati bahslariga mezbonlik qiladi

17.11.2025 19:06    


Rasmni yuklab olish

Asian Boxing tashkiloti 2026 yilgi Osiyo chempionatlariga rasmiy mezbonlarni elon qildi.

Bu haqda O'zbekiston havaskor boks federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko'ra, dastlab kattalar ishtirokidagi Osiyo chempionati 28 martdan 11 aprelgacha Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahrida o'tkaziladi. 

Toshkent esa, o'smirlar (U-15) va yoshlar (U-17) o'rtasidagi Osiyo birinchiligiga mezbonlik qiladi. Qita birinchiligi 1-16 may kunlari oralig'ida tashkil etiladi.

2026 yilgi U-19 va U-22 chempionati mezbonligi esa Indoneziya poytaxti Jakarta shahriga ishonib topshirildi. Bu Osiyo chempionati 3-16 iyul kunlari oralig'ida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: