SportUz.Net

Saul Alvares Yildirimga qarshi jangda nechta zarba o'tkazib yubordi?

01.03.2021 11:20    


Rasmni yuklab olish

Kecha ikkinchi o'rta vazn toifasida WBA Super va WBC yo'nalishlari chempioni Saul Alvares reytingning ikkinchi pog'onasida borayotgan rasmiy davogar Avni Yildirimni mag'lubiyatga uchratgan edi.

Meksikalik 30 yoshli chempion 29 yashar turkiyalik raqibini muddatidan avval mag'lub etgandi. Aniqrog'i, Avnining murabbiylari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishgandi. 

Mana shu uch raund davomida Yildirim Saul tomon 105 ta zarba yo'lladi. SHulardan bor yo'g'i 11 tasi manzilga aniq etib borgan. Alvaresning esa 168 ta zarbasidan 67 tasi aniq chiqqan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: