
Bokschining tahlillarida taqiqlangan ostarin moddasini izlari aniqlangan. Bu dori vositasi odatda mushak massasining o'sishini rag'batlantirish va chidamlilikni oshirish uchun ishlatiladi.
Matias B namunasini ochishni talab qilish huquqiga ega. Ayni holatda uning 10 yanvar kuni Dalton Smit bilan bo'lib o'tadigan chempionlik kamari himoya jangi barbod bo'lish arafasida turibdi. CHempion diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
Malumot uchun, 33 yoshli Sabriel Matias o'z vazn toifasidagi nokautchilardan biri hisoblanadi. Professional ringda u 23 ta g'alaba (22 ta muddatidan oldin) va ikkita mag'lubiyat qayd etgan. U ayni paytda birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni bo'lib turibdi. Aynan Matias hamyurtimiz SHohjahon Ergashevga chempionlik jangida faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etgan edi.
