SportUz.Net
iks
ads

UFC Qatar turnirining to'liq kardi tasdiqlandi

21.11.2025 13:21    


Rasmni yuklab olish

Ertaga Qatar poytaxti Doha shahrida UFC Fight Night 265 turniri bo'lib o'tadi.

Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida o'tkazilib, unda divizion reytingining birinchi pog'onasida borayotgan rossiyalik Arman Carukyan oltinchi o'rinni egallab turgan Den Xukerga qarshi oktagonga ko'tariladi. 

So'nggi lahzada shou ishtirokchilari tarkibida bitta o'zgarish yuz berdi: reytingning o'n birinchi raqamli og'ir vaznli jangchisi SHamil Gaziev bilan jang o'tkazishi kerak bo'lgan moldovalik Sergey Spivak (reytingning 7-raqami) ovqatdan zaharlangani sababli musobaqani tark etdi. Endi Gazievga reytingda oltinchi o'rinda borayotgan dominikanlik Valdo Kortes-Akosta raqiblik qiladi. Bu bilan Akosta uch haftada ikkita jang o'tkazadi. 

UFC Fight Night 265 to'liq kardi:

Asosiy kard janglari

Engil vazn: Arman Carukyan – Den Xuker

Yarimo'rta vazn: Belal Muhammad – Ien Machado Gerri

Yarimog'ir vazn: Volkan Ozdemir – Alonzo Mensfild

Yarimo'rta vazn: Jek Xermansson – Miktibek Orolbay

Og'ir vazn: Valdo Kortes-Akosta – SHamil Gaziev

O'ta engil vazn: Tagir Ulanbekov – Kiodji Xoriguchi


Prelim kard janglari

Yarimengil vazn: Bogdan Grad – Lyuk Rayli

Yarimo'rta vazn: Nikolas Dalbi – Saygid Izagaxmaev

O'ta engil vazn: Aleks Peres – Asu Almabaev

Yarimog'ir vazn: Abdul-Rahmon Yaxyoev – Rafael Serkeyra

O'ta engil vazn: Bekzat Almaxan – Aleksandr Topuriya

O'rta vazn: Ismail Naurdiev – Rayan Loder

Engil vazn: Nurullo Aliev – SHem Rok

Og'ir vazn: Marek Buylo – Denzel Forman



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: