SportUz.Net
iks
ads

Arman Carukyan: "Jangni muddatidan oldin yakunlamoqchiman"

21.11.2025 10:12    


Rasmni yuklab olish

Arman Carukyan ertaga oqshom Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkaziladigan UFC turnirining asosiy jangida Den Xukerga qarshi oktagonga chiqadi.

Asli kelib chiqishi armanistonlik, hozirda Rossiya nomidan jang qilib kelayotgan Arman raqibini muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratib, o'zini engil vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun birinchi raqamli davogar sifatida ko'rsatmoqchi.

"Men uni engaman va maqsadim sari boraman. CHempionlik uchun kurashaman. U yaxshi jangchi, yaxshi zarba beruvchi, lekin men boshqa daraja. Albatta, finishni o'ylayapman, jangni muddatidan oldin yakunlamoqchiman. Menda 25 daqiqa vaqt bo'ladi, shuning uchun shoshilmayman. Finish avtomatik ravishda kelishini bilaman. Xudo xohlasa, shunday bo'ladi", - dedi Carukyan jangdan oldingi matbuot anjumanida.

Agar Iliya Topuriya Islam Maxachevning chempionlik kamariga davogarlik qilish uchun yarim o'rta vazn toifasiga ko'tarilsa, Carukyan bo'sh qolgan kamar uchun liga unga qarshi kimni qo'ysa, o'sha bilan jang qilishga tayyor bo'ladi.

"UFC menga kimni bersa, o'sha bilan jang qilishga tayyorman. Getji, Peddi yoki Xollouey. CHarlz Oliveyra - u so'nggi jangda g'alaba qozondi va u ham navbatda turibdi", - deya izoh berdi Arman.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: