SportUz.Net
iks
ads

Uch nafar bokschimiz Rossiyadagi prof boks oqshomida jang qiladi

20.11.2025 18:36    


Rasmni yuklab olish

22 noyabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC Boxing promouterlik kompaniyasining navbatdagi musobaqasi o'tkaziladi.

Musobaqa doirasida uch nafar hamyurtimiz — Azizbek Tojiev, Lazizbek Fattoev va Xurshidbek Rasuljonov ringga ko'tariladi.

O'rta vazn toifasida: Azizbek Tojiev (8-1-0) - Andrey Stepanov (Rossiya, 6-0-0)

Engil vaznda: Lazizbek Fattoev (7-0-0) - SHuhrat Salomatov (Tojikiston, 6-0-0)

Ikkinchi yarim engil vaznda: Xurshidbek Rasuljonov (10-0-0) - Lusanda Komanisi (JAR, 27-9-0).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: