
Turnirning asosiy kardida qozog'istonlik Asu Almabaev amerikalik Aleks Peresga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. UFC rahbarlari ushbu jangni asosiy karddan prelim kardga ko'chirishdi.
O'z o'rnida Tagir Ulanbekov — Kyodzi Xoriguti bahsi asosiy kardni ochib beruvchi jang maqomiga ko'traildi. Prelim karddan yana bir qozog'istonlik fayter Bekzat Almaxanning jangi ham o'rin olgan. U ispaniyalik Aleksandr Topuriyaga qarshi oktagonga chiqadi.
