
SHu bilan birga taniqli bloger-bokschi 19 dekabr kuni yakkakurashlar olamini larzaga keltira olishiga shubha qilmaydi.
"Menga haqiqiy bokschi bilan jang qilish kerakligini aytishdi. Mening gavdamga teng raqib bilan urishishim kerakligini gapirishdi. Jahon chempioni bilan jang qilish kerakligini aytishdi. Siz mendan katta nom bilan mushtlashishimni xohladingiz. Ikki barobar kattarog'i-chi? U Jervont Devisdan deyarli ikki baravar katta.
Superog'ir vazn toifasida ikki karra jahon chempioni. Olimpiada chempioni. U Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritganida, men o'rta maktabda ijtimoiy tarmoqlar uchun videolar suratga olardim. Ey Jey nokautchi Jey, uning janglari soniyalar ichida tugaydi. Yolg'on gapirmayman, men biroz qo'rqyapman. Do'stlarim va oilam bu jangga rozi bo'lganimga ishonishmadi.
SHubhalanmang, bu mening faoliyatimdagi eng katta jang. Men sherning iniga kiraman. Men hech kim qilmagan ishni qilyapman. Men Jeyk Jozef Pol Entoni Joshuani 19 dekabr, juma kuni Netflix’da jonli efirda nokaut qilaman, uraman va sharmanda qilaman", - dedi 27 yoshli amerikalik.
Mayamida bo'lib o'tadigan boks oqshomining asosiy jangi sakkiz raunddan iborat bo'lib, professional maqomda o'tkaziladi. Jang natijasi bokschilarning rasmiy rekordiga kiradi. SHu bilan birga, britaniyalik og'ir vaznli bokschi deyarli o'n karra favorit sifatida ringga ko'tariladi, Joshua va Polning gonorari esa norasmiy malumotlarga ko'ra, mos ravishda 65 va 92 million dollarni tashkil qiladi.
