SportUz.Net
iks
ads

UFC Fight Night 265 jangchilari taroziga chiqdi. Asosiy jang kuchida qoldi

21.11.2025 14:36    


Rasmni yuklab olish

Biroz avval Doha shahrida Qatar UFC Fight Night 265 turnirining rasmiy tarozidan o'tish hamda face to face marosimlari o'tkazildi.

Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida o'tkaziladi va unda reytingning birinchi raqamli vakili rossiyalik Arman Carukyan Yangi Zelandiya jangchisi Den Xukerga qarshi oktagonga chiqadi. Har ikki aralash yakkakurash ustasi ham belgilangan vazn meyorini bajardi. Arman tarozida 70,8 kg, Den esa 70,5 kg tosh bosdi.  

Turnirning so-main event jangi yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi. Islam Maxachevning kamari uchun potencial davogarlar Ian Garri va Belal Muhammad oktagonda o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Garri 77,1 kg, Belal esa 77,6 kg vazn qayd etdi. 

UFC Fight Night 265 tarozi natijalari

Arman Carukyan (70,8 kg) vs. Den Xuker (70,5 kg).

Ian Garri (77,1 kg) vs. Belal Muhammad (77,6 kg).


Alonzo Menifild (93,4 kg) vs. Volkan Ozdemir (93,4 kg).

Jek Xermansson (77,3 kg) vs. Miktibek Orolbay (77,1 kg).


Valdo Kortes-Akosta (120,2 kg) vs. SHamil Gaziev (118,8 kg).

Kyodzi Xoriguti (56,9 kg) vs. Tagir Ulanbekov (56,9 kg).


Bogdan Grad (66,0 kg) vs. Lyuk Rayli (66,0 kg).

Nikolas Dalbi (77,3 kg) vs. Saygid Izagaxmaev (77,1 kg).


Asu Almabaev (56,9 kg) vs. Aleks Peres (57,2 kg).

Raffael Serkeyra (92,5 kg) vs. Abdul-Raxman Yaxyaev (93,0 kg).


Bekzat Almaxan (61,7 kg) vs. Aleksandr Topuriya (61,5 kg).

Rayan Loder (83,9 kg) vs. Ismail Naurdiev (83,9 kg).


Nurullo Aliev (70,3 kg) vs. SHakem Rok (70,8 kg).

Marek Buylo (116,4 kg) vs. Denzel Friman (117,9 kg).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: