
Qozog'istonlik funkcioner oktyabr oyida World Boxing prezidenti lavozimiga o'z nomzodini qo'yganini elon qilgandi. Saylovlar 23 noyabr kuni bo'lib o'tishi kerak. Hozircha Gennadiy yagona nomzod bo'lib turibdi.
Avvalroq, Golovkin saylangan taqdirda ham ringga qaytishini 100 foiz istisno qilmagan edi, ammo bu istak ehtimoldan yiroq bo'ladi. Gennadiy o'tgan yilning fevralidan buyon Qozog'iston Milliy olimpiya qo'mitasini boshqarib kelmoqda.
Malumot uchun, Gennadiy Golovkin professional ringda 42 ta g'alabaga erishgan. Hisobida 2 mag'lubiyat va 1 durang ham bor. SHuningdek, u 2004 yilgi Afina Olimpiadasining kumush medali sovrindori ham hisoblanadi.
