
"Ayni damda boksdagi eng katta muammo? Fikrimcha, bu faqat sport uchun ishlamaydigan ahmoq odamlar", - dedi Usik o'zining YouTube kanalida o'tkazilgan blic savol-javobda.
Malumot uchun, Usik 20 iyul kuni London shahridagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tgan so'nggi jangida britaniyalik Daniel Dyubuani beshinchi raundda nokautga uchratib, mutlaq jahon chempioniga aylangandi.
