SportUz.Net
photo photo

"Joshua Usikka qarshi huddi Klichko bilan jangdagi kabi harakat qilishi kerak" - Xirn

28.09.2021 15:40    


Rasmni yuklab olish

Eddi Xirn Joshua va Usik o'rtasida o'tkaziladigan ikkinchi jang haqida fikrlarini bildirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, britaniyalik bokschi Usikka qarshi jangda o'z maksimumini ko'rsata olmadi. 

"Joshua Usikni mag'lubiyatga uchratib, raqibini sindira olishiga mutlaq ishongan edi, ammo buni amalga oshira olmadi. Bu hafa qilmoqda, ahir Entoni bunga qaraganda 20 barobar yaxshiroq jang qila oladi. Hozir bizni qasos kutmoqda. Buning ahamiyati katta. Joshua mag'lubiyatdan hafa. Endi u yaqin yarim yil ichida faqat bir narsani - Aleksandr Usikdan kamarlarini qaytarib olishni o'ylaydi". 

U Endi Ruisga qarshi ikkinchi jangda ideal reja tuzib chiqqandi. Bu ishni yana bir marta qilishi lozim. Keyingi jangda ko'p o'zgarishlar bo'ladi. Joshua Vladimir Klichkoni mag'lubiyatga uchratgani kabi, Aleksandr Usikni ham yutishi kerak. Bu uning revanshda amalga oshirishi lozim bo'lgan narsa", - dedi Xirn. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: