SportUz.Net
photo photo

Maks Xollouey 2021 yilgi rejalari bilan o'rtoqlashdi

28.02.2021 16:20    


Rasmni yuklab olish

Sobiq UFC chempioni Maks Xollouey 2021 yildagi rejalari haqida gapirdi.

"Mukammal sharoitda men yiliga 3 marta jang qilishni xohlar edim. Misol uchun yozda va dekabr oyida. Ko'ramiz, UFC qanday qarorga kelar ekan. Men raqib tanlab o'tirmayman. Kim kuchli bo'lsa, o'sha g'alaba qozonaveradi. Men shunchaki eng kuchlilar bilan jang qilishni va UFC tarixiga kirishni xohlayman. Meni MMA sport turining eng yaxshi jangchilari qatorida eslashlarini xohlayman", - dedi Maks Xollouey.

Eslatib o'tamiz, Maks Xollouey 16 yanvar kuni UFC Fight Island 7 turnirida Kelvin Kattar ustidan g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: