SportUz.Net
iks
ads

Dana Uayt Merab Dvalishviliga munosabatini o'zgartirdi

17.10.2025 08:06    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti o'tgan yili Merab Dvalishvilini tanqid qilgan edi.

Dana Uayt dekabr oyida Petr Yanga qarshi o'ta engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini himoya qilsa, tashkilot tarixiga kirishi mumkin bo'lgan gruziyalik jangchi haqidagi fikrini o'zgartirdi.

"Menga qarang, Merabning ichiga kirib olishim uchun ancha vaqt kerak bo'ldi, lekin endi men unga juda iliq munosabatda bo'laman. Uning kayfiyati menga yoqadi. U bir yilda to'rt marta chempionlikni himoya qila oladigan birinchi sportchi bo'lishni istaydi. Merab nima qilgani, o'zini jangchi va jahon chempioni sifatida qanday ko'rsatganiga qarasangiz - bu haqiqatan ham hayratlanarli", - dedi tashkilot rahbari Las-Vegasda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.

O'tgan yilning avgust oyida Dvalivshli SHon O`Melli bilan chempionlik jangidan to'rt hafta oldin jarohatli yuzini ko'rsatib, video elon qilganida, Uayt uning xatti-harakatiga quyidagicha munosabat bildirgandi:

"Bu shunchaki ahmoqlikning yangi darajasi - bazi yigitlar shu qadar ahmoqki, bu aqlni shoshirib qo'yadi", - degandi UFC prezidenti.

Malumot uchun, Merab Dvalishvili va Petr Yan o'rtasidagi chempionlik jangi 6 dekabr kuni Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 323 turnirining asosiy to'qnashuvi bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: