Bugun musobaqaning final janglari tashkil etildi. Turnirda +91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov finalda ukrainalik Cotne Rogavaga qarshi jang qildi.
Bokschimiz jangni faol o'tkazdi va 4:1 hisobida g'alaba qozonib, musobaqa g'olibiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Bobousmon Baturov va Dilshodbek Ro'zmetov finalda g'alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo'lishgandi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi vakillari "Stranja" turniri davomida 3 ta oltin, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Iliya Topuriya: "Hammasi menga bog'liq bo'lganida, 13 iyul kuniyoq Maxachev bilan jang qilardim"